"Barselona" ijtimoiy tarmoqlarda turli haqoratlarga duch kelayotgan Moribani qo'llab-quvvatladi

Sherzod Nurmatov
27 iyul 2021, 22:15
"Barselona" matbuot xizmati yarim himoyachi Ilaysh Moribaning tarafini oldi.

"Biz futbolni yoqtiramiz va irqchilikka qarshi kurashamiz", – deya yozadi Kataloniya klubi matbot xizmati.

Oldinroq "Barselona" Moriba bilan shartnomani uzaytirish masalasida kelisha olmayotgani haqida xabar berilgandi.

18 yoshli Moriba o'tgan mavsumda "Barselona" uchun 29 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli pas uzatdi. Uning amaldagi kelishuvi 2022 yilning yozigacha amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com