"Barselona" himoyachisini MYUga sotishga tayyor

Sherzod Nurmatov
24 fev 2025
"Barselona" himoyachisi Alexandro Balde yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin.

"Fichajes" ma'lumotlariga ko'ra, kataloniyaliklar 21 yoshli futbolchini ispaniyalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirgan "Manchester Yunayted"ga qo'yib yuborishga tayyor.

"Barselona" tarbiyalanuvchisi joriy mavsum barcha musobaqalarda 33 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 6 ta golga assistentlik qildi.

Baldening "ko'k-anorranglilar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portalida futbolchining narxi 50 mln evro deya ko'rsatilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes