“Barselona“ himoyachilaridan biri bilan shartnomani bekor qilishga yaqin turibdi

Khoja
7 iyun 2025, 09:42
So'nggi kunlarda “Barselona“ sport direktori Deko himoyachi Kleman Langle bilan yana ikki yilga mo'ljallangan shartnomasini bekor qilish haqida muzokaralar olib bormoqda.

Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

29 yoshli futbolchi o'tgan mavsumni “Atletiko Madrid“da ijara asosida o'tkazdi. Langle transferi uchun pul to'lamoqchi bo'lmagan “matraschilar“ safiga qo'shilish uchun kataloniyaliklar bilan shartnomasini bekor qilmoqchi.

Fransiyalik futbolchi 2018 yilning yozida ispan grandiga “Sevilya”dan ko'chib o'tgandi. Bu davrda u barcha turnirlarda 160 ta o'yinda qatnashib, 7 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: Marca