"Barselona" Grizmann tufayli "Atletiko" bilan munosabatlar yomonlashishini istamaydi

Aslanov Jasurbek
25 mar 2018, 16:10
"Barselona" yozgi transfer oynasida "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmanni sotib olish maqsadida.

Grizmann Kataloniya klubiga o'tish uchun maoshi kamayishiga rozi bo'ldi va "matraschilar"ning yangi shartnomasiga rad javobini berdi. "Barselona" yozda fransiyalik uchun bitimda ko'rsatilgan 100 mln. evro tovon pulini to'lashni rejalashtirgan.

Ko'k-anorranglilar rahbariyati ushbu transfer tufayli "Atletiko" bilan do'stlik munosabatlari yomonlashishini xohlamayapti. Shu sababli "Barselona" Grizmann uchun Madrid klubiga 100 mln. evrodan ko'proq pul o'tkazib bermoqchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es