"Barselona" Gavi o'rniga kimni olib kelmoqchi?

Sherzod Nurmatov
21 noya 2023
Kataloniyaliklar APLdan nomzod topishdi.

"Tottenxem" yarim himoyachisi Jovanni Lo Chelso "Barselona" qiziqishlari doirasida. Bu haqda "Mundo Deportivo" xabar bermoqda.

Kataloniyaliklar argentinalik futbolchini Gaviga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Ispaniyalik futbolchi jiddiy jarohat oldi, shu sababli u mavsumning qolgan qismida maydonga tusha olmaydi.

"Ko'k-anorranglilar" joriy mavsum yakuniga qadar Gavi o'rniga qisqa muddatli o'rinbosar qidirmoqda. "Barselona" uchun ideal variant – yanvar oyida yangi futbolchini ijaraga olish.

Lo Chelso "Tottenxem"da kam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda. 27 yoshli xavbek joriy mavsum APLda jami 38 daqiqa o'ynadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo