"Barselona" Gabigolning "Inter"ga o'tishi borasida FIFAga etiroz bildiradi

Aslanov Jasurbek
4 sen 2016
"Barselona" Gabigol laqabi bilan mashhur bo'lgan "Santos" hujumchisi Gabriel Barbozaning "Inter"ga o'tishi borasida FIFAga etiroz bilan murojaat qilishni rejalashtirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, ko'k-anorranglilar Braziliya klubi o'z majburiyatlarini buzganligini isbotlamoqchi. Avvalroq ushbu futbolchini xarid qilish uchun "Barselona"da ustunlik mavjudligi e'lon qilingandi.

"Santos" 29 avgust kuni "Barselona"ga yo'llagan xabarida, "Inter"ning qiziqishi haqida yozgan. Kelishuvga ko'ra, Kataloniya klubi 3 kun ichida javob yozishi kerak edi. Ko'k-anorranglilar javob berishmadi va 30 avgust kuni "Santos" Gabigolni "Inter"ga sotdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS