"Barselona" futbolchisining oyog'i singan bo'lishi mumkin

Aslanov Jasurbek
18 yanv 2018, 18:32
"Barselona" yarim himoyachisi Paulino "Espanol"ga qarshi Ispaniya Kubogi 1/4 final ilk uchrashuvida (0:1) jarohat oldi.

Futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushdi, ammo 56-daqiqada uning o'rnini Ivan Rakitich egalladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, braziliyalik futbolchining o'ng oyog'i singan bo'lishi mumkin. Paulino bugun tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng shifokorlar diagnozni tasdiqlashadi yoki rad etishadi.

Agar taxminlar o'zini oqlasa, "Barselona" kamida bir oy Paulinoni maydonga tushira olmaydi. Eslatib o'tamiz, oldinroq hujumchi Usmon Dembele jarohat tufayli 3-4 haftaga safdan chiqqan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS