"Barselona" futbolchisi "Napoli"ga o'tishni istamadi

Aslanov Jasurbek
10 avg 2017, 14:36
"Barselona" himoyachisi Denis Suares o'z klubini tark etmoqchi emas.

23 yoshli futbolchining xizmatlariga "Napoli" qiziqish bildirdi. Italiyaliklar rahbariyati Denis Suares uchun 14 mln. evro to'lashga tayyor edi.

Kataloniyaliklar yangi bosh murabbiyi Ernesto Valverde Suaresga asosiy tarkibdan joy taminlamayotgan bo'lsada, Denis asosiy tarkibga munosibligini isbotlamoqchi.

So'nggi mavsum Denis Suares LaLiganing 26 ta uchrashuvida 1 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Espana