"Barselona" futbolchisi Italiyaga qaytishi mumkin

Tolibjon Qosimov
13 avg 2018, 20:13
"Barselona" yarim himoyachisi Rafinyaning kelajagi 20 avgustgacha ma'lum bo'ladi.

"Mundo Deportivo"ning ma'lum qilishicha, shu haftaning oxirigacha 25 yoshli ispanning keyingi jamoasi aniq bo'ladi. Katta ehtimol bilan u "Inter"ga qaytadi. Sababi, milanliklar Luka Modrich borasida "Real" bilan kelisha olmayapti.

Eslatib o'tamiz, Rafinya o'tgan mavsum ijara asosida "Inter"da o'ynagan va 17ta o'yinda ikkita gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Mundo Deportivo