"Barselona" futbolchisi 5:4 haqida: "Bu faoliyatimdagi eng dahshatli o'yin"

Tolibjon Qosimov
22 yanv 2025, 16:59
Kecha tunda YCHL 7-turi doirasida "Barselona" jamoasi "Benfika" mehmoni bo'ldi va 5:4 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuv davomida kataloniyaliklar avvaliga 1:3, keyin esa 78-daqiqada ham 2:4 hisobida ortda borishayotgan edi. Rafinyaning g'alaba keltiruvchi goli esa 90+6-daqiqada kiritildi. Bellashuvdan keyin esa himoyachi Pau Kubarsi hissiyotlari bilan bo'lishdi.

"Bu faoliyatimdagi eng dahshatli o'yin. Hammamiz juda baxtlimiz, chunki borimizni shu o'yinga bag'ishladik. Bu g'alaba juda muhim edi", - dedi "Barselona" himoyachisi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: www.mundodeportivo.com