"Barselona" futbolchilarining tana harorati samolyotdayoq tekshirildi

Mirjalol Normatov
24 fev 2020, 20:47
YCHL 1/8 finali doirasida "Napoli"ga qarshi o'yin uchun uchib kelgan "Barselona"ning barcha a'zolari samolyotning o'zidayoq tana harorati tekshirib ko'rildiyu

Ayni damda Italiyada ham koronavirusga qarshi kurashish ishlari davom etmoqda. Neapol matbuoti bergan ma'lumotlarga ko'ra, o'tgan kunlar ichida shahar aeroportida ikki nafar insonda koronavirus bo'lgani gumon qilingan. Hozirda "Barselona" futbolchilari borasidagi holat anchagina yaxshi.

O'tgan haftada koronavirus tufayli Italiya chempionatining bir necha o'yinlari bekor qilingandi. Yaqin kunlar ichida ushbu bahslar o'tkazilishi kutilmoqda. 

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport