"Barselona" futbolchilariga 2 kilogrammdan ortiq vazn qo'yish taqiqlandi

Alisher
29 apr 2020, 18:23
"Barselona" o'yinchilari murabbiyning qatiy nazorati ostida yakka tartibdagi mashg'ulotlarni davom ettirishmoqda.

Futbolchilar mashg'ulotlar dasturiga ega batafsil jadvallarni olishdi. Murabbiylar masofadan turib o'yinchilarni boshqarmoqda.

Muhim jihat - og'irlik nazorati. "Barselona" o'yinchilariga pandemiya davrida 1,5 kg dan ortiq vazn qo'yish taqiqlandi. Uzog'i bilan 2 kilogramm. Agar undan oshib ketsa, jarima bor.

Ispaniyada mavsumning davom etish sanasi ma'lum emas. Musobaqa iyunda davom ettirilishi rejalashtirilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS