"Barselona" "Feyenoord" tayanch yarim himoyachisini nishonga oldi

Omonjon To`xtamirzayev
17 noya 2023, 19:00
"Barselona" klubi yarim himoya chizig'ini kuchaytirish niyatida.

24 yoshli Mats Viffer Kataloniya klubi e'tiborini tortgan. U klubning barcha talablariga mos kelmoqda: Viffer ulkan salohiyatli, yosh, bunga qaramay, ma'lum tajribaga ega. Futbolchi hali o'sishda davom etadi va uning hozirgi transfer narxi juda baland bo'lmaydi.

Qayd etib o'tish lozim, Viffer Evro-2024 saralash o'yinlari uchun Niderlandiya terma jamoasiga chaqirilgan.


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Diario Sport