"Barselona" Fatiga yangi shartnoma taklif qiladi

Alisher
24 apr 2021, 13:26
"Barselona" hujumchi Ansu Fati bilan hamkorlikni davom ettirishga qiziqmoqda.

"Ko'k-anorranglilar" 18 yoshli futbolchi bilan 2026 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolamoqchi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi bitim 2022 yilning yozida yakuniga etadi.

Fati Kataloniya grandi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U bosh jamoada 2019 yildan beri o'ynaydi.

Ansu joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi. Transfermarkt hujumchini 80 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo