
Ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi so'nggi kunlarda "Bavariya" va "Yuventus" vakillari bilan bog'lanishgan va ulardan ijobiy javob olishga erishishgan.
Ko'k-anorranglilarning maqsadi hujumchi Neymarning parijliklar safiga o'tayotgani tufayli Yevropaning kuchli jamoalarini PSJdan ajratib qo'yish. Oldinroq, OAVda braziliyalik 2 avgust kuni PSJ futbolchisi sifatida tanishtirilishi e'lon qilingan edi. Taxminlarga ko'ra, Neymar fransiyaliklardan katta miqdorda pul olib, o'z transferini o'zi sotib oladi va erkin agent sifatida PSJga o'tishi mumkin.
Shunday yo'l bilan PSJ moliyaviy feyr-pley qoidasini buzmasligi mumkin.
Shu bilan birga futbolchi PSJga o'tganidan so'ng, Qatar Sports Investments kompaniyasi bilan shartnoma tuzadi va 5 yil ichida 300 mln. evroga ega bo'ladi.