"Barselona" e'tibori "Vest Xem" xavbekiga qaratildi

Sherzod Nurmatov
6 mar 2021, 22:55
"Barselona" yozda o'z tarkibini "Vest Xem" yarim himoyachisi Tomash Souchek bilan kuchaytirishni o'ylamoqda, deb yozmoqda "Fichajes".

Manbaga ko'ra, 26 yoshli chexiyalik "ko'k-anorranglilar"ning keyingi mavsum uchun rejalashtirilgan transfer ro'yxatiga kiritilgan.

"Bolg'achilar" yarim himoyachining transfer qiymati 30 million evroga baholanmoqda.

Souchek joriy mavsum "Vest Xem" tarkibida 29 uchrashuvda maydonga tushgan va 8 ta gol urgan. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes