"Barselona" yetakchilari rahbariyatdan "Arda ishi" bo'yicha aniqlik kiritilishini talab qilishmoqda

Aslanov Jasurbek
5 okt 2015, 13:14
"Barselona"ning bazi yetakchi futbolchilari klub rahbariyatida Arda Tura borasidagi qarorni talab qilmoqda.

Jarohatlanganlarni hisobga olgan ko'k-anorranglilar futbolchilari, Turan jamoaga yordam bera olishiga ishonishmoqda.

Oldinroq Kataloniya klubi 2016 yilning 1 yanvaridan oldin Ardani Ispaniya chempionati qaydnomasiga kiritmoqchi edi. Jarohatlangan futbolchi 6 oy maydonga tusha olmasa, uning o'rniga boshqa o'yinchi qaydnomaga kiritilishi Ispaniya futbol federatsiyasida ruhsat etilgan, ammo FIFA bunga yo'l qo'ymayapti.

"Barselona" safida Lionel Messi, Andres Inesta, Rafinya Alkantara jarohatlangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com