"Barselona" Depay bo'yicha bir qarorga keldi

Sherzod Nurmatov
14 may 2022, 21:40
Kataloniya klubi rahbariyati hujumchi Memfis Depayni jamoada saqlab qolmoqchi.

Manbaning xabariga ko'ra, Kataloniya klubi Niderlandiya terma jamoasi futbolchisi bilan shartnomani 2025 yilning yoziga qadar uzaytirmoqchi va unga allaqachon taklif bilan chiqqan.

Qayd etilishicha, Depay ham shartnomani uzaytirishdan manfaatdor va bu taklifni qabul qilishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, niderlandiyalikning amaldagi kelishuvi kelasi mavsum oxirigacha amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Todofichajes