"Barselona" Depay bilan shartnomani kelishib oldi va Veynaldumning agenti bilan muzokaralar olib bormoqda

Alisher
9 sen 2020, 17:20
"Lion" hujumchisi Memfis Depay "Barselona"ga o'tishga yaqin.

Kataloniyaliklar Niderlandiya terma jamoasining 26 yoshli forvardi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishdi.

Endi "ko'k-anorranglilar" Depayning transfer narxi bo'yicha kelishishlari kerak. "Barselona" bundan tashqari xavbek Jorjino Veynaldumning agenti bilan aloqada, ammo hali "Liverpul"ga taklif berilmagan.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, "Barselona" Veynaldum va Depayni 55 million evrodan arzonroqqa xarid qilmoqchi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano