"Barselona" Depay bilan kelishib oldi

Mirjalol Normatov
14 may 2021, 00:55
"Barselona" yozda erkin agentga aylanadigan "Lion" futbolchisi Memfis Depay bilan kelishib oldi.

"Marca" xabariga ko'ra, futbolchi Kataloniya klubiga o'tishi uchun maoshining pasayishiga rozi bo'lgan. Buning uchun navbatdagi mavsumda ham jamoani Ronald Kuman boshqarishi kerak bo'ladi. Niderlandiyalik mutaxassis ushbu transferning asosiy ustuni bo'lib turibdi. Ular terma jamoada birga ishlashgan.

Ushbu mavsumda 27 yoshli futbolchi "Lion" tarkibida 35 o'yinda qatnashib, 19 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca