

Joriy mavsum yakunlanganidan so'ng, Kataloniya klubi bu futbolchini o'z safiga qaytaradi. Bu qaror "Vilyarreal"ga qarshi bahsdan (2:2) so'ng qabul qilindi. Transfer huquqini qayta sotib olish uchun "Barselona" 3 mln. evro to'lashi kerak bo'ladi.
Suares 2013 yildan 2015 yilgacha "Barselona" ikkinchi jamoasi sharafini himoya qilgan.



