"Barselona" Dembeleni Di Mariyaga almashtirmoqchi edi

Mirjalol Normatov
31 yanv 2022, 23:51
"Barselona" yarim himoyachisi Usmon Dembele qishki transferlar oynasining so'nggi kunida jamoadan ketishi mumkin edi.

AS xabariga ko'ra, Kataloniya klubi PSJga futbolchisini Anxel Di Mariyaga almashtirish taklifi bilan chiqqan. Ammo parijliklar bunga rad javobini bergan. "Barselona" futbolchi uchun to'lov qila olmasligini ham ma'lum qilgan.

Ushbu mavsumda 24 yoshli vinger "Barselona" tarkibida 11 o'yinda qatnashib, 1 gol va 2 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: As