"Barselona" darvozaboni "Manchester Siti" bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi

Aslanov Jasurbek
14 avg 2016, 13:45
"Barselona" darvozaboni Klaudio Bravo "Manchester Siti"ga o'tishga yaqin.

Chili terma jamoasi posboni "shaharliklar" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi, klublar esa transfer narxini aniqlashtirishmoqda.

Ma'lum bo'lishicha, "Manchester Siti" Bravo uchun 25 mln. evro to'laydi, ammo futbolchining "Barselona" bilan tuzgan bitimida badal puli 42 mln. evro etib belgilangan.

Ingliz jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Bravoning xaridini talab qilgan. Ispaniyalik mutaxassis Jo Xartga ishonmayapti.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo