"Barselona" daniyalik hujumchisini sotmoqchi

Sherzod Nurmatov
10 iyul 2021, 20:08
Kataloniya nashri ma'lumotiga ko'ra, "Barselona" va Daniya terma jamoasi forvardi Martin Breytueyt ushbu yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Manbaning xabar berishicha, "ko'k-anorranglilar" o'yinchini 10-15 million evroga sotishni rejalashtirgan.

Aytilishicha, Breytueyt Evro-2020'dagi o'yinlari orqali ko'plab Yevropa klublari e'tiborini tortgan.

Daniyalik hujumchi o'tgan mavsumda "Barsa" uchun 29 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L’Esportiu de Catalunya