"Barselona" Chuameni uchun "Real" bilan kurashadi

Alisher
14 may 2022, 14:10
"Monako" yarim himoyachisi Orelen Chuameni yozda klubdan ketishi mumkin.

22 yoshli fransiyalik futbolchi uchun "Barselona" da'vogarlik qilmoqda.

Kataloniya klubi o'yinchi uchun kurashda Madridning "Real" klubi bilan kurashishiga to'g'ri keladi.

Chuameni joriy mavsum "Monako" tarkibida 47ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 2ta assist qayd etdi. Transfermarkt portali o'yinchini 40 mln evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Fichajes