"Barselona" CHL chorak finalida "Real" - "Atletiko" juftligini istamoqda

Aslanov Jasurbek
17 mar 2017, 13:50
"Barselona" murabbiylar shtabi va futbolchilari Chempionlar ligasi chorak finalida "Real" hamda "Atletiko" bir-biriga qarshi tushishini istashyapti.

Kataloniya klubidagilarning fikricha, ikki poytaxt klubining o'zaro bahsi ular uchun katta jismoniy va ruhiy kuch ketishiga sabab bo'ladi. Bu esa "Barselona" uchun Chempionlar ligasi va Ispaniya chempionatida qo'l kelishi mumkin. Agar qur'ada ushbu juftlik tushsa, muxlislar 3 ta derbini ko'rishlari mumkin. 31-turda milliy chempionatda ham jamoalar o'zaro o'yin o'tkazishadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.es