"Barselona" chempionlik uchun qancha mukofot puli to'lashi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
21 iyun 2025, 20:48
"Barselona" o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, chempionlik uchun 28 mln evro mukofot puli to'laydi.

Bu haqda "Barselona" prezidenti Joan Laporta klub hodimlari bilan kechki ziyofatda ma'lum qildi.

Unga ko'ra, klubning barcha ishchilari maoshining ikki baravari miqdorida qo'shimcha bonus pullariga ega bo'ladi. Bunga jamoaning mamlakat kubogi va chempionatida g'olib bo'lgani sabab.

Xans-Diter Flik boshchiligidagi murabbiylar shtabiga 20 ming evrodan to'lanadi. Futbolchilarga esa 1,25 mln evrodan taqdim qilinadi.

Shu orqali futbolchilarga to'lanadigan pullar 25 mln evroni tashkil qilsa, yana 3 mln evro murabbiylar shtabiga bo'lib beriladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal