"Barselona" "Chelsi" bilan Alonsoning transfer narxini kelisha olmayapti

Alisher
5 iyul 2022, 16:27
"Barselona" "Chelsi" himoyachisi Markos Alonsoni ushbu yozdagi bosh transfer maqsadi sifatida ko'rmoqda.

Futbolchining o'zi Kataloniya klubiga o'tishni xohlamoqda. U "Chelsi"dan "Barselona"ga qo'yib yuborishlarini so'raydi.

Futbolchi "ko'k-anorranlilar" bilan 2025 yilga qadar mo'ljallangan shaxsiy shartnoma shartlari borasida kelishuvga erishgan. Ammo, klublar transfer narxi bo'yicha kelisha olishmayapti. "Chelsi" 12-14 million evro so'ramoqda.

Alonso o'tgan mavsum "Chelsi" tarkibida 46ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 6ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira