"Barselona" CBFga Neymarning Amerika Kubogida ishtirok etishiga qarshi ekanligini aytdi

Aslanov Jasurbek
9 apr 2016, 10:44
"Barselona" rahbariyati hujumchi Neymar va uning Olimpiada o'yinlari hamda Amerika Kubogida ishtiroki borasida Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) vakillari bilan muzokara o'tkazdi.

Kataloniya klubi CBFga o'zining poziciyasini ma'lum qildi: Ular Neymarning Amerika Kubogida qatnashishiga qarshi. CBF esa futbolchining ikkala turnirda ishtirok etishini istaydi. "Barselona" rahbariyatining fikricha, Neymar ikki turnirda ishtirok etsa, ko'p kuch yo'qotadi va kelasi mavsumga tiklana olmaydi.

Oldinroq, Neymar Amerika Kubogida Braziliya sharafini chorak finaldan himoya qilishga rozi ekanligini aytgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca