Barselona – Ayaks. Messi xet-triklar soni bo'yicha rekord qayd etdi

Narzulla Saydullayev
19 sen 2013, 09:00
Barselona hujumchisi Lionel Messi YCHL 1-turida Ayaksga qarshi o'yinda musobaqadagi o'zining to'rtinchi xet-trigini rasmiylashtirdi.
Shunday qilib, argentinalik futbolchi musoabqada xet-trikka erishish borasida rekordchiga aylandi.

Hozirgacha uchtadan xet-trikka Fiorentina hujumchisi Mario Gomes va Milan sobiq hujumchisi Filippo Indzagi erishishgan.

Eslatib o'tamiz, ayni paytda Messi hisobida Yevropa chempionlar ligasi doirasida 62ta gol mavjud. Birinchi o'rindagi Raul hisobida 71ta gol mavjud. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru