"Barselona" "Ayaks" himoyachisi uchun yiliga 3,5 mln evro to'lashga tayyor

Alisher
8 mar 2022, 17:54
"Barselona" rahbariyati "Ayaks" himoyachisi Nussair Mazrauiga 3,5 mln evro maoshlik shartnoma taklif qilmoqda.

"Ko'k-anorranglilar" Serjino Dest va Serxi Robertoning o'rnini egallaydigan 24 yoshli marokashlik futbolchini o'z saflariga qo'shib olishni juda ham xohlashmoqda.

Eslatib o'tamiz, Mazraui yozda erkin agentga aylanadi va Kataloniya klubiga tekinga o'tishi mumkin.

Futbolchi joriy mavsum Niderlandiya chempionati doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Info Blaugrana