Barselona – Atletik. Messi o'yindan oldin muxlislarga Oltin to'pni namoyish etdi
Narzulla Saydullayev
18 yanv 2016, 08:04
Barselona hujumchisi Lionel Messi Atletikka qarshi o'yindan oldin (6:0) maydonga Oltin to'p bilan chiqib keldi va Kamp Nouga yig'ilgan muxlislarga uni namoyish etdi.
Eslatib o'tamiz, 28 yoshli argentinalik futbolchi o'tgan hafta beshinchi bor Oltin to'pni qo'lga kiritdi. Ushbu sovringa Krishtianu Ronaldu va Neymar ham da'vogarlik qilgandi.