"Barselona" Arauxoga yangi shartnoma taklif qildi

Alisher
3 noya 2021, 12:47
"Barselona" himoyachi Ronald Arauxoga yangi shartnoma taklif qildi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, futbolchining Kataloniya klubi bilan yangi shartnomasi 2026 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan bo'ladi. Urugvaylikning amaldagi bitimi 2023 yilning iyuniga qadar amal qiladi.

Tomonlar shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda. Bitim imzolanishi kutilmoqda.

22 yoshli himoyachi joriy mavsum barcha musobaqalarda 10ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira