“Barselona” appelyaciya berdi

12 noya 2019, 00:45
Kataloniyalikla fikricha, “Selta”ga qarshi bellashuvni boshqargan hakam “Barselona” yetakchisi Leo Messiga nohaq sariq kartochka ko'rsatgan.

Bu borada klub Ispaniya futbol federatsiyasining maxsus qo'mitasiga ushbu holat bo'yicha rasman appelyaciya bilan murojaaat qilgan.

Argentinali futbolchi uchrashuvning 39-daqiqsida ogohlantirish oldi, “Selta” esa jarima zarbasidan unumli foydalanib, o'yinda muvozanatni tiklagandi.

“Ko'k-anorranglilar”ning ishonishicha, joriy mavsumda Messiga ko'rsatilgan dastlabki sariq kartochka bekor qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca