"Barselona" APLning 3 nafar yulduzini ko'z ostiga olib qo'ydi

Tolibjon Qosimov
29 iyul 2017, 23:11
Neymarning o'rniga APLning 3 nafar futbolchisi "Barselona"ning short-listidan o'rin oldi.

Eslatib o'tamiz, braziliyalik PSJga o'tishga juda yaqin kelib turibdi. "Mirror" nashrining ma'lum qilishicha, Kataloniya klubi uning o'rniga "Liverpul" yarim himoyachisi Filippe Koutinoni sotib olishi mumkin. Shuningdek, "ko'k-anorranglilar" "Chelsi" va "Tottenxem" yarim himoyachilari Eden Azar va Dele Allilarning transferi borasida ham bosh qotirishmoqda.

"Barsa" uchun asosiy nishon Koutino bo'lib qolmoqda. Azar va Alli varianti esa braziliyalikning transferi amalga oshmagan taqdirda aktivlashtirilishi mumkin.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Mirror