"Barselona" Alkantara bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
22 avg 2019, 13:02
"Barselona" yarim himoyachisi Rafinya Alkantara bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

"Ko'k-anorranglilar" futbolchini ijaraga qo'yib yuborgandan ko'ra, u bilan shartnomani uzaytirishni afzal ko'rishmoqda.

Futbolchiga davogarlar orasida "Valensiya" klubi ham bor va u transfer oynasi yakuniga qadar jamoadan ketishi ham mumkin.

Braziliyalik o'yinchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2020 yil iyunga qadar mo'ljallangan.

O'yinchi "Barselona" tarbiyalanuvichisi hisoblanadi. Kataloniyaliklar uni turli yillarda "Selta" va "Inter" klublariga ijaraga berishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca