

Bu haqda "El Nacional" ma'lum qildi. Buning uchun milanliklar avval klubning hozirgi ustozi Paulu Fonsekani iste'foga chiqarishlari kerak bo'ladi. Xavi "rossonerilar" vakillari bilan muzokaralar olib borgan va A Seriya jamoasini boshqarishga qarshi emas.
Eslatib o'tamiz, oldinroq Xavi AQSHning "Inter Mayami" klubini boshqarish taklifini rad etgan edi. Vaholanki, u yerda "Barselona" sobiq yulduzlari Lionel Messi, Luis Suares, Serxio Buskets hamda Xordi Alba to'p tepishadi.




