"Barselona" 7 nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Sherzod Nurmatov
15 noya 2022, 18:32
Kataloniyaning "Barselona" klubi bir yo'la 7 nafar futbolchi bilan kelishuvni uzaytirishni rejalashtirgan.

Buni "Mundo Deportivo" ma'lum qildi.

 Manbaga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" Usmon Dembele, Aleks Balde, Inyaki Penya, Serji Roberto, Markos Alonso, Ektor Belerin va Serxio Buskets uchun yangi mehnat shartnomalarini tayyorlagan.

Shu bilan birga, OAVda anchadan buyon Busketsning jamoani tark etishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalayotganini takidlash joiz. Go'yoki tajribali ispaniyalik futbolchi faoliyatini MLS'da davom ettirmoqchi.

Ispaniya chempionati 14-turidan so'ng Xavi Ernandes shogirdlari 37 ochko jamg'arib, turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turishibdi. "Barselona" "Real"dan ikki ochko oldinda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo