"Barselona" 2008 yilda Benzemani xarid qilmoqchi bo'lgan ekan

Aslanov Jasurbek
20 fev 2019, 12:12
"Barselona" 2008 yilda "Real" hujumchisi, o'sha paytda "Lion" sharafini himoya qilgan Karim Benzemani xarid qilish borasida muzokaralar o'tkazgan ekan.

Ma'lumotlarga ko'ra, o'sha paytda Kataloniya texnik direktori bo'lgan Chiki Begiristayn Benzema bilan uning uyida uchrashib, futbolchining o'zini tutishidan hayratlangan. Benzema suhbat davomida Begiristaynga do'stona munosabatda bo'lmagan.

Aynan shu sababli "Barselona" fransiyalik transferidan voz kechgan.

Natijada Benzema 2009 yilda 35 mln. evro evaziga "Real"ga o'tdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca