

20 yoshli Buskets 8 yoshidan buyon kataloniyalik sistemasida faoliyat olib boradi. Uning amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangan bo'lib, kelishuv yana 2 yilga uzaytirilishi mumkin.
Ispaniyalik xavbek klubning ikkinchi jamoasi tarkibida o'tgan mavsum 30 o'yinda qatnashib, bir bora raqiblar darvozasini ishg'ol etdi. Shuningdek, u 2018 yili Leonesaga qarshi bo'lib o'tgan Ispaniya Kubogining 1/16 bosqichining javob bahsida (4:1) asosiy tarkibda rasmiy debyut qilgandi.
Ma'lumot o'rnida, mazkur futbolchi ko'k-anorranglilarning yetakchi futbolchilaridan biri Serxio Busketsning qarindoshi emas.



