“Barselona” 15 yil ichida ilk marta o'z uyidagi o'yinda 4 ta gol o'tkazdi

12 noya 2018, 08:30
“Barselona” La Liganing 12-turida “Betis”ga 3:4 hisobida mag'lub bo'ldi.

Jamoa ushbu mavsum ilk marta o'z darvozasida ilk marta 4 ta gol o'tkazdi. Klub o'tgan mavsum safarda “Levante”ga 4:5 hisobida mag'lub bo'lgandi. O'shanda ham jamoa 4 ta gol o'tkazgandi.

Klub, shuningdek, so'nggi bor 2003 yil aprelida Deportivoga o'z maydonida 4 ta gol o'tkazib yuborgan holda, 2:4 hisobida mag'lub bo'lgandi. Shundan 15 yil o'tib jamoa “Kamp Nou”da 4 ta gol o'tkazib yutqazdi.


O'xshash yangiliklar


Manba: Opta