"Barselona" 105 mln. evroga sotib olgan futbolchisini berib yubormoqchi

Aslanov Jasurbek
30 apr 2018, 18:03
"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele kelasi mavsumni boshqa klub safida boshlashi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, klub rahbariyati futbolchini sotmoqchi emas, ammo u formasini tiklab olishi uchun Dembeleni ijaraga bermoqchi.

Dembele 2017 yilning yozida 105 mln. evro evaziga Dortmundning "Borussiya" klubidan "Barselona"ga o'tgan edi. Bonusni hisobga olganda, kataloniyaliklar to'laydigan mablag' 145 mln. evroga yetishi mumkin.

Joriy mavsum 20 yoshli fransiyalik hujumchi LaLiganing 14ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta gol urdi va 6ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo