"Barsa" sobiq o'yinchisi boshidan jarohat olganidan so'ng komaga tushib qoldi. U 56 yoshda

Alisher
2 yanv 2020, 15:23
"Barselona" sobiq o'yinchisi va murabbiyi Eusebio Sakristan yiqilish sabab boshidan jiddiy jarohat oldi.

Uning ahvoli og'ir. U 31 dekabr kuni operaciya qilingan va u ayni damda sun'iy koma holatida.

"Barsa" sobiq xavbeki jamoasi safida 1988-1995 yillarda 263ta o'yin o'tkazgan, shuningdek 2003-2008 yillarda Kataloniya jamoasida murabbiy Frank Raykardga yordamchi bo'lgan.

Sakristan shundan so'ng "Selta", "Barsa B", "Real Sosedad" va "Jirona" jamoalarini boshqargan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: As