"Barsa" o'yinchilari Setenni qo'llab-quvvatlashmayapti. Murabbiy tez orada iste'foga chiqarilishi mumkin

Alisher
2 iyul 2020, 14:00
"Barselona" bosh murabbiyi Kike Setenning Kataloniya klubidagi taqdiri so'roq ostida turibdi.

O'yinchilar Setenni qo'llab-quvvatlashmayapti. Setenning yordamchisi Eder Sarabiyaning munosabati esa o'yinchilar va murabbiylar shtabi o'rtasida masofa hosil qilgan.

Setenning "Barsa"dagi kelajagi xavf ostida va u yaqin kunlarda iste'foga chiqarilishi mumkin. Bu esa butunlay chempionlik poygasidagi natijaga bog'liq.

"Barselona" ayni damda 33 turdan so'ng La Ligada 70 ochko jamg'argan holda 2-o'rinda bormoqda. "Real" esa Seten jamoasidan bir ochko ko'proq jamg'argan va bitta o'yin kam o'tkazgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca