“Barsa” Messiga Levandovskidek maosh va klub homiylik daromadidan foiz taklif qiladi

Alisher
5 apr 2023, 09:38
“Barselona” PSJ hujumchisi Lionel Messining qaytishi uchun qanday taklif bilan chiqqani ma'lum.

Fox Sports jurnalisti Veronika Brunatining so'zlariga ko'ra, PSJ hujumchisiga 2025 yilgacha bo'lgan 1+1 ko'rinishdagi shartnoma va Robert Levandovski kabi oylik berishga tayyor. Robert “Barselona” safida oyiga 2,17 million evro ishlab oladi. Shuningdek, argentinalik klub homiylik daromadining ma'lum foiziga ham ega bo'lishi mumkin.


Bundan tashqari, “Barselona” “Kamp Nou”da argentinalik ishtirokida xayrlashuv uchrashuvini ham tashkil etishni reja qilgan.


AlisherMuallif
Manba: championat.com