"Barsa" Dembele bilan yangi shartnoma imzolaydi

Sherzod Nurmatov
25 okt 2022, 13:05
Kataloniya klubi futbolchi Usmon Dembele bilan yangi kelishuv borasida muzokaralarni boshlashga tayyorlanmoqda.

25 yoshli vinger yozda "ko'k-anorranglilar" bilan bitim tuzganidan buyon ajoyib formada bo'lib, La Liganing 11 o'yinida 8 ta gol urishga hissa qo'shdi ("3+5") 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning hozirgi jamoasi bilan kuchda bo'lgan shartnomasi "Kamp Nou"da 2024 yilning yoziga qadar qolishini kafolatlaydi. Yangi kelishuvning tafsilotlari hozircha ochiqlangani yo'q.

Fransiyalik hujumchi UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichida 4 ta o'yinda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 2 ta assistni o'z hisobiga rasmiylashtirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN