"Barsa" bir necha hafta oldin Obameyang bilan aloqaga chiqqan

Alisher
11 sen 2020, 11:07
"Barselona" "Arsenal" forvardi Per-Emerik Obameyangni xarid qilish imkoniyatini ko'rib chiqqan.

Kataloniyaliklar bir necha hafta oldin 31 yoshli gabonlik futbolchining agenti bilan aloqaga chiqqan. 

Bu esa bosh murabbiylikka Ronald Kuman kelgunga qadar sodir bo'lgan.

Kuman "Lion" hujumchisi Memfis Depay bilan shartnoma imzolashni xohlamoqda, Obameyang ham "Arsenal" bilan yangi shartnoma borasida kelishib ulgurgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano