

Hozirda "Barsa"ning maosh fondi 648 million evroni tashkil etadi. La Liga limitiga mos kelishi uchun harajatlar 200 million evroga qisqarishi lozim. Aks holda klub yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmaydi.
Ma'lum bo'lishicha, "Barsa" Jordi Alba bilan shartnomani bekor qilishi mumkin. Klub futbolchiga 38 million pul to'lashi lozim.
Shuningdek, sotilishi kerak bo'lgan futbolchilar ichida Ansu Fati ham bor.
Bundan tashqari klub Frenki de Yong va Mark-Andre ter Shtegen bilan yangi shartnomada maoshni pasaytirish yo'llarini ham ko'radi.



