Barcha birdek e'tiborda!

Alisher
8 noya 2019
Noyabr oyining ilk kunlarida Sen yolg'iz emassan Respublika jamoatchilik bolalar fondi Bunyodkor futbol klubi bilan hamkorlikda poytaxtimizda joylashgan Mehribonlik uylari o'rtasida turnir o'tkazdi.

Bunyodkor akademiyasi maydonlarida bo'lib o'tgan musobaqada poytaxtimizdagi 21, 22, 23, 30-sonli Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan jamoalar, Andijon viloyati bolalar-o'smirlar futbol akademiyasi ishtirok etdi. Sakkiz jamoa ikki guruhda g'oliblik uchun kurash olib bordi. O'z guruhlarida dastlabki ikki o'rinni egallagan Andijon viloyati bolalar-o'smirlar futbol akademiyasi va 22, 23, 30-sonli Mehribonlik uylari jamoalari yarim finalga yo'l olishdi. 

Final yo'llanmasi uchun kurashda raqiblaridan ustun kelgan 22 va 23-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari chempionlik uchun kurashgan bo'lsa, andijonlik bolalar 30-son Mehribonlik uyidan tashrif buyurgan tengqurlari bilan kuch sinashdi. Qiziqarli uchrashuvlardan so'ng andijonlik mehmonlar uchinchi o'rinni o'ziniki qilgan bo'lsa, birinchi o'rin 22-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari nasib qildi. 

Mazkur turnirni tashkil qilinishi, o'tkazilishida Sen yolg'iz emassan Respublika jamoatchilik bolalar fondining Harbiy-sport guruhlari kordinatori Polixronidi Ilya Petrovich jonbozlik ko'rsatganini takidlash o'rinli.


AlisherMuallif
Manba: fcbunyodkor.com