Balotelli qaysi jamoada bepul o'ynashi mumkinligini aytdi

21 dek 2017, 22:32
“Nicca” hujumchisi Mario Balotellining aytishicha, u “Manchester Siti”ga qaytishi va bu jamoada bepul to'p tepish niyatida ekanligini ma'lum qildi.

Italiyalik hujumchi 2010-2013 yillarda “shaharliklar” tarkibida to'p tepib, 80 ta o'yinda 30 ta gol urishga erishgan. 2012 yili jamoasiga Prmer ligada g'olib chiqishiga yordam bergan.

“Shubhasiz, men aynan shu jamoada faoliyatimdagi eng yaxshi mavsumni o'tkazib, rohat olganman. Bu shunday joyki, men bu klubga qaytib, bepul o'ynashga tayyorman.

Men yana kamida besh-olti yil yuksak saviyada o'yin ko'rsata olaman”, deydi 27 yoshli “futbolchi La Gazetta dello Sport”ga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar


Manba: Manchester Evening News